“Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti”

“Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 29 dekabrdagi 87-03-4549-sonli modemnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faollar zalida joriy yilning 8-yanvar kuni “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son Qarori, 2018-yil 21-sentyabrdagi PF-5544-son Farmoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 26-sentyabrdagi 820-sonli hamda 2018-yil 8-oktyabrdagi 850-sonli buyruqlarining mazmun-mohiyati, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor D.U.Ergashev,o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev tomonidan batafsil ma’lumotlar, savollar yuzasidan aniq tushuncha va maslahatlar berildi. Bundan tashqari seminarda joriy o‘quv yilida O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari, 2019-yilda yangi tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari, oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion –koorporativ hamkorlik modeli bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Xalqaro tajribada OTM imidjini mustahkamlash va turli sohalarda professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish yo‘llari yuzasidan tavsiyalar aytib o‘tildi. 201-yil bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilinib, joriy yilda mazkur reytingda universitetni reytingini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.