“O‘smir yoshda hasad va havas tushunchalarining psixologik asoslari”

1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘smir yoshda hasad va havas tushunchalarining psixologik asoslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

18 yanvar kuni "Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Baykunusova Gulmira tomonidan Yangiyo‘l tumani “Gulbahor” MFY 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-“D” sinf o‘quvchilarida “O‘smir yoshda hasad va havas tushunchalarining psixologik asoslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. O‘qituvchi tomonidan berilgan vazifalari asosida o‘quvchilarning fikrlari eshitildi va ularning muammolari yechimiga qaratilgan tavsiyalar berildi. Davra suhbatidan so‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Ushbu trening mashg‘uloti maktab o‘quvchilarida sog‘lom psixologik muhit shakllanishiga va emotsional holatlarni, o‘z-o‘zini anglash, shaxslararo munosabatlar tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ular orasida havas hissini rivojlantirib, hasad hissini susaytirishga yordam berishi ko‘zda tutilgan.