Talabalar Xalqlar do‘stligi maydonida o‘tkazilayotgan Harbiy texnika namoyishiga tashrif buyurdi

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti N.X.Voxidova rahbarligida 104-rus guruhi talabalari 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Xalqlar do‘stligi maydonida o‘tkazilayotgan Harbiy texnika namoyishiga tashrif buyurdi.

Talabalar mamlakatimiz Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan Harbiy texnika namoyishi bilan tanishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi. Shuningdek, Kinologiya markazi xodimlari tomonidan Belgiyadan keltirilgan zotdor itlar ishtirokidagi mahorat darslarini tomosha qilishdi. Mazkur namoyishlar talabalarning qiziqishlariga sabab bo‘ldi.