"Adabiyot va san’at-shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili"

"Tarix" fakultetida "Adabiyot va san’at-shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili" mavzusida madaniy tadbir o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106 sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida madaniy tadbir o‘tkazildi. Mazkur Farmonga ko‘ra "Adabiyot va san’at-shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili" mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida ma’naviy tadbir o‘tkazishdan iborat bo‘lib, Tarix fakulteti talabalari uchun “O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston hizmat ko‘rsatgan artist Hosiyat Husanova bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni kafedra mudiri siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dos. Qolqanov Nuriddin Toshpulatovich kirish so‘zi bilan ochib, Tarix fakulteti dekani Ishquvvatov Valijon Turdiqulovichga so‘z berdi. U barcha yig‘ilganlarni va Hosiyat Husanovani uchrashuvga tashrif buyurgani bilan tabriklab, o‘zbek teatr va kino san’atni haqida qisqacha fikr bildirdi. Shundan so‘ng, san’atshunoslik fanlari nomzodi dotsent Xayitboy Dedaxonovich so‘zga chiqib, san’at va adabiyotni inson kamolotidagi roli va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosiyat Xusanovani ijodiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosiyat Xusanova fursatdan foydalanib, talabalarga ta’lim va tarbiya to‘g‘risida qisqacha so‘zlab berdi. Teatr jamoasi va shaxsan o‘zi tomonidan aholini, xususan yoshlarni ma’naviyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida so‘zlab, so‘ngra O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva, shoira Tursunoy Sodiqova va Hosiyat Rustamovalarni Vatan, ayol va muhabbat mavusidagi she’rlaridan parcha o‘qidi. Dramaturg Erkin Hushvaqtning “Andishali kelinchak” va “Chimildiq” kabi asarlarda yaratgan obrazlaridan parcha ijro etib berdi.