Islom Karimov tavalludining 81 yilligi universitet bo‘ylab keng nishonlandi

Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 81 yilligi universitet ahli tomonidan keng nishonlandi.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. 1983 yilda I.Karimov O‘zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlangan. 1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan. 1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylangan. 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan. Birinchi prezidentimizni xotirlash marosimlari universitet bo‘ylab davom etdi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga xotira darslari tashkil etildi. Shuningdek, marhum davlat arbobining xotirasi yodga olinib, universitet hududida maxsus xotirlash maydoni tashkil etildi. Shuningdek, TDPU talabalari Birinchi prezidentimizning Toshkentdagi haykali poyiga gul qo‘yishdi.