“Boshlang‘ich ta’limga innovatsiyalarni joriy etishni takomilashtirish”

“Boshlang‘ich ta’limga innovatsiyalarni joriy etishni takomilashtirish” mavzusida seminar trening tashkil qilindi

2019-yil 24-yanvar kunikuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim va Jismoniy madaniyat fakultetining bir guruh professor o‘qituvchilari ishtirokida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga qarashli 9 maktabda “Boshlang‘ich ta’limga innovatsiyalarni joriy etishni takomilashtirish” mavzusida seminar trening tashkil qilindi. Tadbir dotsent N.X.Voxidovaning “XXI asr o‘qituvchisi. U qanday bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasi bilan boshlandi. F.f.n., dotsent D.Shodmonqulova, p.f.n., dotsentlar Sh.Yo‘ldosheva, X.G‘ulomovalar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari maktab o‘qituvchilari uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek maktab o‘qituvchilari tashkil etgan ochiq darslarning tahlili qizg‘in bahs munozaralarga sabab bo‘lib, o‘qituvchilarga kerakli metodik tavsiyalar berildi. Seminar trening yakunida maktab o‘quvchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan tadbirni yanada mazmunli tashkil etilishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.