“Suitsidual xulq atvor”

Toshkent yuridik Akademik litseyida “Suitsidual xulq atvor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari Raximova I. hamda Baykunusova G. Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseyi bilan hamkorlik kelishuviga muvofiq 22-yanvar kuni litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan “Suitsidual xulq atvor” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbatida litsey o‘quvchilariga suitsid to‘g‘risida keng, atroflicha tushunchalar berildi. Suitsidni keltirib chiqaruvchi omillar, uning namoyon bo‘lish belgilari, suitsid va suitsidual urinish o‘rtasidagi farqlari, suitsidning ko‘rinishlari to‘g‘risida slaydlar orqali ma’lumot berildi. O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu asosida erkin savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in bahs munozaralar olib borildi. Suitsidual holatlarning oldini olish maqsadida o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga nisbatan bahosini oshiruvchi hamda o‘zini anglashga yordam beruvchi psixologik trening mashg‘ulotlari o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan ota-ona, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga suitsidual hulq atvor profilaktikasi uchun psixologik tavsiyalar berildi.


Yana o`qing