“Mening sevimli kitobim”

Talabalar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Mening sevimli kitobim” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

“Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori Sh.K.Murodov, t.f.n., dotsent P.A.Adilov, dotsent A.O.Ashirboyev, dotsent A.N.Valiyev dotsent v.b N.X.Gulomova va “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsent v.b. D.J.Tulanovalar kafedrada tashkil qilingan kichuk kutubxonada TS403,TS301guruh talabalari bilan kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida yosh avlodni ma’naviy-intellektual salohiyati, ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini erkin mavzuda badiiy asarlarni mutolaa qilish togrisida davra suhbati o‘tkazishdi. Sh.Murodov, P.Adilov, N.Gulomova, D.Tulanovalar talabalarga qiziqarli bo‘lgan adabiyotlar Djonatan Sviftning “Путешествия Лемюеля Гулливера”, Xamidjon Xomidiyning “Nizomiy dilbandlari” kitobi yuzasidan savol-javob bilan suhbat o‘tkazishdi. Shundan so‘ng, A.Valiyev tomonidan kafedrada tashkil qilingan kichik kutubxonadan Saidova Iroda A.S.Pushkinning “Повести. Романы”, Toshpo‘latova Muxlisa Servantesning “Дон Кихот саргузаштлари” romani, Shakirova Maftuna Djeyms Oliverning Kervуdning “Долина молчаливих призраков” Esonova Ozoda A.Valievning “Uch ustoz ibrati” nomli kitoblarni olib ro‘yhatdan o‘tib, kutubxonaga a’zo bo‘lishdi.