“Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari”

“Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 7-fevral kuni universitetda “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirok etib, korrupsiya hamda uning mamlakat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakulteti boshlig‘i professor Sh.Mamadaliev “Korrupsiya jinoyatiga qo‘l urgan fuqarolarga beriladigan jazo turlari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Toshkent shahar Chilonzor tumani 3-son IIB VE va YoO‘XPTEG katta inspektori podpolkovnik B.Ismoilov chiqish qilib, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilingani, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari shular jumlasidan ekanligi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani 6-son IIB VE va YoO‘XPTEG inspektori leytenant A.Abduganiev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining pora olish vapora berish bilan bog‘liq bandlari hamda ushbu jinoyatlar uchun belgilangan jazo turlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.