Bobur tavalludining 536 yilligi universitetda keng nishonlandi!

2019-yil 13-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bag‘ishlangan «Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tarix fakulteti «Tarix va uni o‘qitish metodikasi» hamda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi hamkorligida 2019-yil 13-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bag‘ishlangan «Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Tarix fakulteti dekani dotsent V.T.Ishquvvatov, professor E.Z.Nuriddinov (“Jahon tarixi bo‘yicha o‘quv adabiyotlar sharhi” mavzusida), Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi xodimi N.Boltaeva (RIPKning axborot-resurslar, xizmatlar va fondida mavjud tarix, Bobur hayoti va faoliyatiga oid kitoblar sharhi” mavzusida), O‘zR FA Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi N.Xidirova (“Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar sulolasi tarixi” mavzusida) ma’ruza qildi. Talabalar tomonidan “Tarix va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining O‘zR FA Tarix instituti bilan o‘zaro hamkorligi doirasida olib borilayotgan ishlar qatorida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan Bobur va boburiylar sulolasi davri tarixi bo‘yicha mutaxassis olima, tarix fanlari nomzodi Nargiza Xidirovaning ilmiy chiqishida xavola etilgan tarixiy manbalar, arxiv xujjatlari, xorijiy adabiyotlardagi materiallar katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi fondidagi tarix, Bobur hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Tadbir davomida fakultet talabalari Bobur ijodi bo‘yicha badiiy chiqishlar namoyish etdilar. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bag‘ishlangan tadbir barcha ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi.


Читайте также