Tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Ustoz shogird” an’anasi asosida Amir Temur muzeyiga ekskursiya qilishdi

2019-yil 14-fevral kuni Tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Ustoz shogird” an’anasi asosida Amir Temur muzeyiga ekskursiya qilishdi.

Fakultet professor-o’qituvchisi Xidirov M. boshchiligida tashkil etilgan ekskursiyada Amir Temur to’g’risidagi ma’lumotlar va o’sha davrda ishlatilgan qurol-aslahalarning eksponatlarini ko’zdan kechirishdi. Ekskursiya davomida temuriylar sulolasi va shajarasi haqida va ularning bizlarga qoldirib ketgan ma’naviy-ma’rifiy yodgorliklari haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga muzey xodimlari tomonidan javob olishdi.