“Balli qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

2019-yil 16-fevral kuni «Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedra o‘qituvchisi, kafedra xotin-qizlar ishlariga mas’ul G.Sh.Shirbachyeva tashkillashtirgan “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

2019-yil 16-fevral kuni «Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedra o‘qituvchisi, kafedra xotin-qizlar ishlariga mas’ul G.Sh.Shirbachyeva tashkillashtirgan “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 1-kurs talaba qizlar ishtirok etdi. Qizlar 5ta shart bo‘yicha bellashdilar. Bellashuvda talaba qizlarimizdan Rahimova Dildora - 1-o‘rin, Hamidova Ozoda – 2-o‘rin, Sayfutdinova Moxinur - 3-o‘rin sovrindorlari bo‘ldi. G‘oliblar va barcha ishtirokchilarga fahrliy yorliq va sovg‘alar berildi. Tadbirda “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abdullaeva D., “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Xotin-qizlar” kengashi raisi Xasanova Sh., “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedra mudiri Djanpeisova G.E., kafedra professor-o‘qituvchilari: Sodiqova Sh., Babaeva D., Djamilova N., Salimova D., Najmiddinova G., Sobirova K., va 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.