“O‘zbek she’riyatida Bobur timsoli”

“O‘zbek she’riyatida Bobur timsoli” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Pedagogika va psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi jamoasi tashabbusi bilan 2019-yil 15-fevral kuni soat 14:00 da universitet tadbirlar zalida “O‘zbek she’riyatida Bobur timsoli” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitet iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.M.Musayeva tadbirni ochib berdilar. Tadbirda O‘zbekiston halq shoirasi Sharifa Salimova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xurshid Nurillaev, shoira Farog‘at Xudoyqulova va Qoraqolpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Shirinoy Razzoqovalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Zaxiriddin Muxammad Boburning hayoti, ijodi yoritildi. Ushbu tadbir mehmonlari she’riyat olamiga sayohat qilish va Zaxiriddin Muxammad Boburning ruboiylaridan bahramand bo‘lishdi.