«Boburxonlik» kechasi o‘tkazildi

Z.M.Boburning tavallud topgan kuniga bag‘ishlab Maxsus pedagogika fakultetida «Boburxonlik» kechasi o‘tkazildi.

Z.M.Bobur – buyuk mutafakkir, shoir, sarkarda, odil hukumdor, tabiatshunos olim! Har tomonlama yetuk, serqirra ijodkor shaxs. Uning vatanimiz va jahon tarixida qoldirgan bemisl merosi, har bir vatandoshimiz qalbida cheksiz g‘urur hissini jonlantiradi. TDPU talabalari tomonidan ushbu buyuk bobokalonimiz tavallud kuni keng nishonlandi. Madaniy tadbir Maxsus pedagogika fakulteti tomonidan tashkil qilindi. Shuningdek, tadbirda Maxsus pedagogika fakulteti talabalari bilan bir qatorda Kasbiy ta’lim fakultetining Musiqa yo‘nalishi talabalari, Tabiiy fanlar fakulteti talabalari, Rus tili va adabiyoti fakulteti talablari hamda BDPU bilan tashkil qilingan Inoovatsion Pedagogika fakulteti talabalari o‘zlarining jonli ijrodagi ashulalari, bobokalonimiz ijodidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, raqslar bilan ishtirok etishdi. Madaniy tadbirda A.Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Tozagul Matyoqubova; Milliy Akademik dramma teatri aktyori, O‘zbeksiton Xalq artisti Saidkomil Umarov; El sevgan xushovoz xonanda Nodir Tursunov taklif qilindilar va Z.M.Boburning hayoti va ijodi xaqida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Shayxontohur tumani 243-MTM tarbiyalanuvchilaridan tuzilgan «Gulg‘uncha» guruhi o‘zlarining raqs chiqishlari bilan ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillari mehmon sifati ishtirok etdilar hamda tadbirda tashkil etilgan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina g‘oliblariga o‘z esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar. Madaniy tadbir, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston-24» hamda «Mening yurtim» telekanallari orqali yoritildi hamda Maxsus pedagogika fakulteti 3-bosqich talabalasi, madaniy tadbir boshlovchisi Usarov Madina intervyu berdi.