“Qizlarda bo’ladigan stresslar va ularning oldini olish”

“Qizlarda bo’ladigan stresslar va ularning oldini olish” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Zoologiya va anatomiya kafedrasi professor-o’qituvchilari rahbarligidagi “Qizlar maktabi” to’garagining navbatdagi yig’ilishi 5-sonli Talabalar turar joyida tashkil etildi. To’garak yig’ilishi “Qizlarda bo’ladigan stresslar va ularning oldini olish” mavzusida bo’lib o’tdi. To’garak rahbari dotsent P.B.Haydarova ma’ruza qildi. Kafedra dotsentlari D.Abdullayeva, N.Mannopova, N.Po’latova, S.Abidova, Z.Uchqurova va M.Xonnazarova ishtirokida mavzu yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda qizlar ham o’z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirda to’garak a’zolari o’rtasida quyidagi shartlar asosida musobaqa tashkil etildi. 1.Tanishuv 2.Savol-javob 3.Erkin mavzu Qizlar erkin mavzu bo’yicha she’r, rivoyat, g’azal hamda monologlar o’qib berishdi. 4.Salat tayyorlash (tez va sifatli). Yuqoridagi shartlar bo’yicha ishtirokchilar bellashishdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg’alar taqdim etildi.