O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qarori

«ROSSIYA FEDERATSIYASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING MOSKVA DAVLAT XALQARO MUNOSABATLAR INSTITUTI (UNIVERSITETI)» FEDERAL DAVLAT AVTONOM OLIY TA’LIM MUASSASASINING TOSHKENT SHAHRIDAGI FILIALI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2019 y., 07/19/4171/2599-son)

Jahon siyosati va iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, xalqaro huquq va tashqi savdo sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putinning 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda — bosh muassasa) «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etadigan va faol ilgari suradigan, muhim siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa vazifalarni hal qila oladigan, talab kuchli bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni oliy ta’lim dasturlari bo‘yicha tayyorlash;

mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fanning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek uning jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga uyg‘un integratsiyasini ta’minlash asosida rivojlantirish;

xalqaro siyosiy, diplomatik, huquqiy, iqtisodiy va savdo munosabatlari sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy yuqori samarali pedagogik uslub va ta’lim texnologiyalarini faol joriy etish;

ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;

yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi o‘rinlarda — JIDU) bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash;

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining xalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy ta’lim xabi sifatida tanitish.

3. Belgilansinki:

Filial O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi;

Filialda o‘quv jarayoni bakalavriat dasturlari bo‘yicha to‘rt yillik va magistratura dasturlari bo‘yicha ikki yillik ta’limni ko‘zda tutgan bo‘lib, asosan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus va ingliz tillarida olib boriladi;

barcha darajadagi ta’lim dasturlari rus va ingliz tillaridan tashqari qo‘shimcha chet tilini o‘qitishni ko‘zda tutadi;

abiturientlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

4. Bosh muassasa va JIDUning 1-ilovaga muvofiq tarkibda Filial Akademik maslahat kengashini tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin hamda uning zimmasiga o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohalari, shuningdek Filial rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklansin.

5. Bosh muassasa:

o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;

Filial professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari malakasini, shu jumladan masofaviy o‘qitishni tashkil etish orqali muntazam oshirish va qayta tayyorlash;

Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek kutubxona fondini shakllantirish va o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan multimedia ko‘rinishidagi zamonaviy adabiyotlar bilan boyitishda ko‘maklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda bosh muassasaning 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Filialda 2-ilovaga muvofiq bakalavriat va magistraturaning istiqbolli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

7. Belgilab quyilsinki:

qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda Filial tomonidan mustaqil belgilanadi;

Filialda ta’lim to‘lov-kontrakt, shu jumladan vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning maqsadli buyurtmalari asosida tashkil etiladi;

kadrlarni maqsadli buyurtmalar asosida tayyorlash, shu jumladan bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlash shartlari abiturient hamda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tutash hududi bilan birga JIDU balansiga o‘tkazsin.

Filial va uning bo‘linmalari Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47-uy manziliga beg‘araz foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.

9. Quyidagilar:

Filialning Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

Filialni tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiyaning tarkibi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

10. Tashkiliy komissiya (I.T. Ne’matov):

a) Filial faoliyatini tashkil etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirishni;

b) 2019 yil 1 avgustga qadar:

Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishni;

Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgtexnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalari bilan jihozlashni;

Filialni tanlov asosida ishga qabul qilinadigan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirishni ta’minlasin.

11. Belgilansinki:

Filialning Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablag‘lari, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati hamda shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, manfaatdor milliy va xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar), shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

Filialga ajratilayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va orgtexnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida ko‘zda tutilgan markazlashtirilgan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

o‘quv va tadqiqot bo‘linmalarini joylashtirish, shuningdek Filial talabalari va o‘qituvchilari yashashi uchun ajratiladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh buyurtmachi «Toshkentqurilishinvest» injiniring kompaniyasi hisoblanadi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

a) bosh muassasa hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va Filialni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni ta’lim berish va o‘quv jarayonini tashkil qilishga doimiy asosda jalb etishni ta’minlasin;

b) Filial buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va Filialning ma’muriyat xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun ko‘p martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

v) har yili Filial bitiruvchi kurslarining iqtidorli talabalariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, shuningdek xalqaro tashkilotlarda o‘quv amaliyotini o‘tashlariga har tomonlama ko‘maklashishni ta’minlasin.

13. 2022 yil 1 yanvarga qadar Filialni jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va orgtexnika, ta’limning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga ko‘ra, Filialning xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari hamda ularning oila a’zolariga davlat bojini undirmasdan ko‘p martalik vizalarni berish va uning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtinchalik turar joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Filial buyurtmanomalariga ko‘ra, Filial faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) ta’minlasin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2019 yil 11 fevral,

PQ-4171-son

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
1-ILOVA

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Akademik maslahat kengashining

TARKIBI

Rossiya tomonidan:

1.

A.V. Malgin

siyosiy fanlar nomzodi, dotsent, «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining umumiy masalalar bo‘yicha prorektori

2.

G.P. Tolstopyatenko

yuridik fanlari doktori, «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Xalqaro huquq fakulteti dekani

3.

E.A. Kozlovskaya

iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Odinsovo filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

4.

D.A. Kryachkov

filologiya fanlari nomzodi, dotsent, «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi 1-sonli ingliz tili kafedrasi mudiri

5.

Lavozimiga ko‘ra

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktorining o‘rinbosari

O‘zbekiston tomonidan:

1.

M.T. Bakoev

fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

2.

M.X. Raxmankulov

yuridik fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

3.

S.S. Saidkasimov

falsafa fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori

4.

Sh.M. Abdullaev

tarix fanlari doktori, professor, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi rahbari

5.

Lavozimiga ko‘ra

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktori

Izoh. Akademik maslahat kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11- fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
2-ILOVA

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari

I. Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha:

1. Biznes-informatika.

II. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha:

1. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish.

2. Xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj.

3. Xalqaro savdo va moliya huquqi.

4. Xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya.

Izoh. «Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Toshkent shahridagi filialining Akademik maslahat kengashi tavsiyasiga ko‘ra ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
3-ILOVA

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining

TARKIBI

1.

A.X. Komilov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, Vasiylik kengashi raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

3.

A.V. Torkunov

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi rektori, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari (kelishuv asosida)

4.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri

5.

E.M. Ganiev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

6.

V.L. Tyurdenev

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi (kelishuv asosida)

7.

B.Z. Asadov

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi

8.

I.U. Madjidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

9.

Sh.M. Sadikov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

10.

J.A. Artikxodjaev

Toshkent shahar hokimi

11.

A.Sh. Bekmurodov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori v.b.

12.

Lavozimiga ko‘ra

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi PQ-4171-son qaroriga
4-ILOVA

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiya

TARKIBI

1.

I.T. Ne’matov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

2.

I.U. Madjidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

3.

A.Ya. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

O.K. Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

A.V. Malgin

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining umumiy masalalar bo‘yicha prorektori

6.

S.N. Krivoщapov

«Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Odinsovo filiali kompleksi boshqaruvchisi

7.

D.A. Hidoyatov

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari

8.

M.T. Baqoev

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.