“Odam savdosi, chet davlatlarda noqonuniy ishlashning salbiy oqibatlari va uning oldini olish”

2019-yil 21-fevral kuni “Odam savdosi, chet davlatlarda noqonuniy ishlashning salbiy oqibatlari va uning oldini olish” mavzusida Xotin-qizlar ishlariga mas’ul G.Shirbacheeva soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi Xotin-qizlar ishlari yillik rejasiga muvofiq 8-sonli talabalar turar joyida 2019-yil 21-fevral kuni “Odam savdosi, chet davlatlarda noqonuniy ishlashning salbiy oqibatlari va uning oldini olish” mavzusida Xotin-qizlar ishlariga mas’ul G.Shirbacheeva soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda Toshkent shaxar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi profilaktika katta inspektori M.Maxkamov va inspektor S.O‘rmonov., kafedra mudiri G.Djanpeisova, kafedra o‘qituvchilari Sh.Xasanova, O.Terexova, I.Nurmatova, Yo.Irisbayeva va 35 nafar TTJdagi talabalar ishtirok etishdi. Suhbatda talabalar odam savdosi, chet davlatlarda noqonuniy ishlashning salbiy oqibatlari va uning oldini olish haqida faol savollar berdi, mutahassislar javob berib, ularga maslahatlar berishdi.