100 nafar bitiruvchiga Universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi

2019-yil 22-fevral kuni universitetimizga Toshkent viloyat Piskent tuman umumta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilaridan iborat guruh ekskursiya qildi.

Tumanning aynan pedagogika sohasiga qiziquvchi, kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni niyat qilgan 100 nafar bitiruvchi yoshlaridan iborat guruh universitetga keldi. Bitiruvchilar avvalo universitet infratuzilmasi bilan tanishtirildi, binolardagi o‘quv xonalari, tajriba laboratoriyalari, shuningdek, nodir kitoblarga boy Axborot resurs markazi bo‘ylab sayohat uyushtirildi. - Maktabimizning o‘qituvchilik kasbiga qiziqqan yoshlari bugun Toshkent davlat pedagogika universitetiga kelishdi. Maqsadimiz, ularni kelajakda ta’lim olishlari mumkin bo‘lgan universitet hayoti bilan tanishtirish, bu sohaga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshirishdan iborat, - deydi Pskent tuman 11-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchisi M.Shomirzayeva. Ekskursiyadan so‘ng universitet faollar zalida o‘quvchilar uchun maxsus uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prooektori D.Ergashev hamda rektor yordamchisi A.Mirazizov ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishi, fakultetlar, yo‘nalishlar, ta’lim olish turlari hamda shakllari, universitetga kirish imtihonlarining muddati, dars jarayonlarining borishi to‘g‘risida o‘quvchi yoshlarga ma’lumot berdi. Shuningdek, o‘quvchilarning Toshkent davlat pedagogika universiteti to‘g‘risidagi tasavvurlarini yanada boyitish, ushbu ta’lim dargohida ta’lim olish istagini mustahkamlash maqsadida universitet hayoti bilan bog‘liq maxsus videorolik namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida Piskent tuman maktab bitiruvchilarining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga ekskursiya jarayonida tug‘ilgan savollariga atroflicha javob berildi.