"Ta’lim tizimida yoshlar orasida informatsion-psixologik xurujlarga qarshi kurashish"

“Ta’lim tizimida yoshlar orasida informatsion-psixologik xurujlarga qarshi kurashish” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi ma’naviy va ma’rifiy ishlari yillik rejasiga muvofiq Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining o‘qituvchilari M.A.Rasulxodjayeva va K.A.Sobirova tomonidan 2019-yil 27-fevral kuni “Ta’lim tizimida yoshlar orasida informatsion-psixologik xurujlarga qarshi kurashish” mavzusida tadbir o‘tkazdi. Uchrashuvga Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi va XTXMOQTHMning “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi a’zolari taklif etildi. Tadbirda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi va XTXMOQTHMning “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi RIPKning yetakchi kutubxonachisi N.Boltaeva, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedra katta o‘qituvchisi G.Karimova va K.Alieva “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedra mudiri G.Djanpeisova, kafedra o‘qituvchilari A.M.Rasulxodjayeva, K.A.Sobirova, Sh.G.Shirbacheeva, I.N.Kim va 92 nafar 104,105,106 guruh talabalari ishtirok etdilar. Suhbatda talabalarga Ta’lim tizimida voyaga yetmaganlar orasida informatsion-psixologik xurujlarga qarshi kurashish, informatsion psixologik xuruj tushunchasi, yosh avlodga ko‘rsatayotgan salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berdilar. XTXMOQTHMning “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi psixologi K.Aliyeva tomonidan pedagogik-psixologik trening o‘tkazildi.