“Eng yaxshi tо‘garak rahbari”

“Eng yaxshi tо‘garak rahbari” kо‘rik tanlovi bo'lib o'tdi.

Universitetda talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishga tо‘liq safarbar etish, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash; mamlakatimiz taraqqiyotida muhim о‘rin egallay oladigan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, kasbiy mahorati shakllangan oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun ijodkor, iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektorining 2018-yil dekabrdagi 1037-U sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan 2019-yil 26-fevral kuni universitetda “Eng yaxshi tо‘garak rahbari” kо‘rik tanlovi о‘tkazildi. Tanlovni yoshlar bilan ishlash bо‘yicha prorektor O.Qо‘ysinov ochib berdi va tanlov ishtirokchilarini universitet bosqichiga tavsiya etilganliklari bilan tabriklab tanlov ishtirokchilariga omad tiladi. Tanlov ishtirokchilarini baholash mezoni bilan Hakamlar hay’ati raisi S.Tо‘rayev tanishtirib о‘tdi. Tanlovda barcha fakultetlardan eng yaxshi deb topilgan tо‘garak rahbarlari ishtirok etishdi.

Tanlovning universitet bosqichi g‘olibi deb:

Tarix fakulteti “Xalqimiz ma’naviy merosini o’rganamiz” to’garagi rahbari M.Sobirova 1-o’rin, Kasb ta’limi fakulteti “Qо‘lda tо‘qish va xalq hunarmandchiligi” tо‘garagi rahbari G.Sharipova hamda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti “Mergan o’qchi” to’garagi rahbari I.Egamberdiyevlar bir xil ball to’plashib 2-o’rin, Pedagogika va psixologiya fakulteti “Mohir qo’llar” to’garagi rahbari Sh.Xasanova 3-о‘rinni egalladi va universitet bosqichi g‘oliblari deb topildi.