“Raqobat” mavzusida master-klass o‘tkazildi

2019-yili 2-mart kuni maktabda “Raqobat” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

“Iqtisodiy bilim asoslari o‘qitish metodikasi” kafedrasi Sergeli tumani №47 umumta’lim maktabi bilan ta’lim-tarbiya, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan. Shartnoma asosida izchillik bilan belgilangan vazifa va maqsadlar amalga oshirilib kelinmoqda. “Iqtisodiy bilim asoslari o‘qitish metodikasi” kafedrasining jamoasi tomonidan 2019-yili 2-mart kuni maktabda “Raqobat” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Master-klassda maktab o‘qituvchilari va 9-v sinf o‘quvchilari qatnashishdi. Master-klass sermazmun, ishtirokchilarning faolligida o‘tib, ularda chuqur taasurot qoldirdi.