Universitet jamoasi tomonidan og‘ir dardga chalingan bolakay uchun maxsus xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent shahar Chilonzor tumani Katta Qozirobod mahalla faollari bilan hamkorlikda xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Universitetga Chilonzor tuman Katta Qozirobod mahallasi faollari mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining farzandi og‘ir dardga chalingani, oilaning moddiy sharoiti og‘ir bo‘lgani sababli davolanishga qiynalayotgani to‘g‘risida ma’lum qilishdi. Shundan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan mazkur oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilandi. Savob ish qilish umidida bo‘lgan sahovatpesha insonlar uchun maxsus xayriya qutisi o‘rnatildi.

Xayriya aksiyasi doirasida 4 mart kuni universitetning Pedagogika va psixologiya fakultetida xayriya yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada fakultet talabalari o‘z qo‘llari bilan yasagan ijod namunalarini sotuvga qo‘yishdi. Mazkur yarmarkadan tushgan pul mablag‘lari og‘ir dardga chalingan bolakayning davolanishi uchun sarflanadi. Shuningdek, yarmarka so‘ngida faollar zalida universitet talabalaridan iborat Quvnoqlar va zukkolar jamoasi ishtirokida xayriya konserti namoyish etildi. Konsertda yurtimizning taniqli san’atkorlari ham ishtirok etd