Universitet pedagogi Yangiyo’l tumaniga qarashli 29-umumiy o’rta t’alim maktabida maxsus dars o‘tdi

2019-yil 1-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo’l tumaniga qarashli 29-umumiy o’rta ta’lim maktabida Biologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Xidirov Muhammad Tursunkulovich 5-sinf o’quvchilariga “Shakli o’zgargan novdalar” mavzusida dars o’tdi.

Mavzuning mazmuni o’quvchilarga shakli o`zgargan yer osti novda (tugunak, piyozbosh, ildizpoya)lar muhim biologik ahamiyatga ega ekanligi va ular o’simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlashi, o’zida ko’p miqdorda oziq moddalar to’plashi va ular vegetativ yo’l bilan ko’payish uchun xizmat qilishi haqida ma’lumot berildi. Shu bilan bir qatorda piyoz inson hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi, uning tarkibida shakar, darmondorilar va kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarni qiruvchi moddalar ko’pligi tufayli uni bevosita iste’mol qilishi va undan turli taomlar tayyorlashda foydalanishi mumkinligi to’g’risida malumot berildi.