“Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

2019-yil 1-mart kuni 5-talabalar turar joyida shoira Zulfiyaxonim Isroilovaning tavvalludining 104 yilligiga bag’ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. 

Tadbirni ”Biologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Xidirov Muhammad Tursunkulovich olib bordi. Tadbirda yatoqxonaning o’g’il va qizlar faol ishtirok etishdi. Shoira Zulfiyaxonim Isroilovaning hayot va ijodidan prezintatsiyalar tayyorlanib talabalarga xavola qilindi. Talabalar shoiraning bosib o’tgan yo’llariga va turmush o’rtog’iga bo’lgan sadoqati o’zini ilimga va kelajak avlod uchun qoldirib ketgan manaviy boylilari bilan tanishib chiqdi. Shoira nomiga tasis etilgan ”Zulfiyaxonim” mukofati bilan bog’liq bilim va tassavurlarga ega bolishdi. Talabalar shoira Zulfiyaxonim Isroilovaning ”Bahor keldi seni so‘roqlab”, ”O’rik gullaganda”, ”Yulduz”, sherlarini hirgoya qildilar va tadbir so’ngida shoiramizga o’xshagan shoiralar yetishib chiqishini tilab va buning uchun tinimsiz mexnat qilishi o’qib izlanib Zulfiyaxonimdek inson bo’lishga fikr bildirishdi.