Ota-onalar bilan ochiq muloqot

23-fevral 2019 yil Nizomiy nomili TDPU Tabiiy fanlar fakulteti universitet zalida soat 14:00 da “Ota-onalar bilan ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazishdi.

23-fevral 2019 yil Nizomiy nomili TDPU Tabiiy fanlar fakulteti universitet zalida soat 14:00 da “Ota-onalar bilan ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazishdi. Tadbirda TDPU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Qo‘ysinov, Ma’naviy-marifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i N. Musayeva, Tabiiy fanlar fakulteti dekani K. Saparov, fakultet kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, fakultet talabalarining ota-onalari va talabalarning o‘zlari xam ishtirok etishdi. Tadbirda ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, talabalar o‘z saxna ko‘rinishlari va she’rlari bilan chiqish qilishdi. Tadbir so‘ngida iqtidorli, namunali talabalar ota-onalariga prorektor O.Qo‘ysinov va fakultet dekani K. Saparov tashakkurnomalar berishdi.