"8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi

Universitetimizda 2019-yil 6-mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Universitetning faollar zalida tashkil etilagn asosiy tadbirda rektor Sh.S.Sharipov so‘zga chiqib, muassasada faoliyat yuritayotgan ayollar hamdatalaba qizlarni mazkur ayyom bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbir davomida universitetning faxriy professor-o‘qituvchilariga bayram munosabati bilan faxriy yorliq hamda maxsus sovg‘alar taqdim etildi. Bayram mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari chiqishlari bilan davom etdi. Shuningdek, universitet faol talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi. "8-mart Xalqaro xotir-qizlar bayrami" bugun, 7 mart kuni ham fakultetlar bo‘ylab davom etmoqda.

Yana bir bor bayramingiz muborak, qadrli ayollar!