Tojiyeva Zumrad Giyasovna bilan uchrashuv

1-2 kurs talabalari Toshkent davlat pedagogika universiteti faxriy professori Tojiyeva Zumrad Giyasovna bilan uchrashdilar.

2019-yil 6-mart kuni Boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat fakultetida 3 avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi. Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchilari boshchiligida "Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish" yo'nalishi 1-2 kurs talabalari Toshkent davlat pedagogika universiteti faxriy professori Tojiyeva Zumrad Giyasovna bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida talabalar professorning biografiyasi va ilmiy-pedagogik faoliyati bilan tanishdilar. Zumrad Giyasovna talabalik yillarining eng yorqin taassurotlarini hamda uzoq va samarali mehnat faoliyati tajribasini o'rtoqlashdi.