“Tarixni tebratgan ayol siymolar”

 2019-yil 6-mart kuni universitetda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Xorijiy tillar kafedrasi “Tarixni tebratgan ayol siymolar” namoyishi bilan ishtirok etdi.

Tadbirda 101, 103, 201-Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari jahon tarixida o‘z Vataniga sadoqat ko‘rsatgan hamda davrining ayollari huquqini himoya qilgan buyuk ayol siymolarni gavdalantirishdi. Talabalar To‘maris, Zulfiya, Nodirabegim, Janna d’ark, Koko Shanel, Xurram sulton, Kleopatra, Buyuk Yekaterina siymolarini xorijiy tillarda (ingliz, rus, fransuz, turk, arab tillarida) talqin etishdi. Bayram vatanparvarlik ruhida ko‘tarinki kayfiyat bilan yakunlandi.