“Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash”

“Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash” mavzusida trening o‘tkazildi.

2019 - yil 22 - fevral kuni universitetga qarashli Psixologiya o‘quv ilmiy markazi Psixologik xizmat va targ‘ibot bo‘limi xodimlari Miraxmetova L.F. Muxtarova A.E. va Sabirova N.Yu. tomonidan “Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash” mavzusida trening o‘tkazildi. Suhbat pedagogik jamoa bilan tanishuvdan boshlandi. Markaz psixologlar tomonidan professor o‘qituvchilarga “Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhit” o‘zi nima, unga moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklar, emotsional holatlar, emotsional zo‘riqish va ularni bartaraf etish yo`llari va usullari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Professor –o‘qituvchilar jamoasida psixologik muhitni yaxshilashga sabab bo‘ladigan omillar, emotsional zo‘riqishning oldini olish to‘g‘risidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashildi. Trening jarayonida professor-o‘qituvchilar juda faol va ko‘tarinki ruhda edilar. Markaz psixologlari tomonidan professor-o‘qituvchilarga oz bo‘lsada yordam berish maqsadida “relaksatsiya” treningi o‘tkazildi. Trening so‘ngida o‘qituvchilar ularni qiziqtirgan savollarga javob topishganidan va psixologik amaliy yordam olishganidan mamnun bo’lishdi.