"O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi"

"O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovida universitetimizning 4 nafar vakilasi g‘olib bo‘ldi.

“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovida 4000 mingga yaqin olima ayollar, o‘qituvchi, ixtirochi, ratsionalizator, injener, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmasevt, mutaxassis, tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar hamda iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishdi.

TANLOV NOMINATSIYALARI:

1. Eng yaxshi ixtiro;

2. Eng yaxshi foydali model;

3. Eng yaxshi sanoat namunasi;

4. Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;

5. Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha);

6. Eng yaxshi biznes loyiha (iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha);

7. Omadli start (iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z innovatsion loyihasi asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘layotgan xotin-qizlar uchun);

8. Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi;

9. Ijtimoiy soha bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha, Ta’lim sohasida eng yaxshi innovatsiya;

10. Iqtidorli qizning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi.

2019-yil 26-fevralda Toshkent shahridagi INXA universitetida “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi”
II
Respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan xotin-qizlarni taqdirlash maqsadida tadbir tashkil qilindi. 

Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi xotin-qizlaridan  quyida nomlari kelitirilgan ishtirokchilar “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovida g‘olib deb topildi hamdaO‘zbekiston xotin-qizlari qo‘mitasi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Psixologiya” kafedrasi doktoranti Mirzaeva Sayyora Rustamovna «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovining Ijtimoiy soha bo‘yicha bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasida ishtirok etdi.

Tanlovda Mirzaeva Sayyora Rustamovna xotin - qizlarning sog‘lom turmush tarzi, ruhiy salomatligini mustahkamlash maqsadida “Psixologik xizmat” innovatsion o‘quv - maslahat markazini tashkil etish maqsadida  “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning psixologik asoslari” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etdi hamda  resublika bosqichida  g‘olib bo‘ldi.

Mirzaeva tomonidan Sog‘lom turmush tarzining psixologik asoslari nomli ilmiy ish doirasida “SOG‘LOM HAYOT UCHUN” nomli sayt yaratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan raqamli № 001135 patent olingan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi doktoranti Mirxoliqova Charos «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovining “Ta’lim sohasida eng samarali innovatsion loyiha nominatsiyasi”da  ishtirok etdi.

    Tanlovda Mirxoliqova “O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etdi hamda  resublika bosqichida  g‘olib bo‘ldi.

Loyihaga patent olingan hamda ushbu loyiha bo‘yicha 20 dan ortiq xorijiy va OAK jurnallarida maqolalar e’lon qilingan.

Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi “Kasb ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi Mahkamova Dilorom Rixsiboyevna  «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovida  “Omadli start” yo‘nalishida ishtirok etdi.

Tanlovda Mahkamova “Milliy matolarimizdan zamonaviy oqshom liboslarini yaratish va ularni chet elga eksport qilish” loyihasi bilan ishtirok etdi hamda  resublika bosqichida  g‘olib bo‘ldi.

Maxkamovaning kelajakdagi maqsadi milliy matolarimizdan tikilgan liboslarga xorijliklarni qiziqishlarini inobatga olib chet elga eksport qilish orqali ishchi o‘rinlar yaratish hamda respublikamizga iqtisodiy foyda keltirishdir.

 

Toshkent davlat pedagogika universiteti Mehnat  ta’limi 1 bosqich magistranti Magdiyeva Marxabo Erkinovna  «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovida  “Omadli start” yo‘nalishida ishtirok etdi.

Tanlovda Magdiyeva “Kashtachilikda ishlatiladigan xom ashyolardan innavatsion mahsulotlar tayyorlash” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etdi hamda  resublika bosqichida  g‘olib bo‘ldi.

Magdieva Marxaboning kelajakdagi maqsadi pilladan tabiiy iplar olish va tabiiy usullarda bo‘yash hamda ulardan miniatyura mahsulotlari tayyorlashdir.