Universitetimiz yana g'alaba qozondi

2019-yil 18-mart kuni Toshkent pedagogika kollejida Chilonzor tumani “Yoshlar ittifoqi” tuman Kengashi tomonidan «Toshkent mehmondo‘st shahar» nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarga oid davlat siyosati va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosi yuzasidan 2019-yil 18-mart kuni Toshkent pedagogika kollejida Chilonzor tumani “Yoshlar ittifoqi” tuman Kengashi tomonidan “Toshkent mehmondo‘st shahar” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Nizomiy nomidagi TDPUning “Qozoq tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi proffessor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi. Tadbirga Chilonzor tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik-litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari jami 19 ta ta’lim maskanlari qatnashdi. Tadbirning o‘tkazilish talabiga ko‘ra har bir ishtirokchi guruh a‘zolariga tushgan viloyat yoki qardosh respublikalarning urf-odatlari, milliy kiyimlari, milliy toamlari hamda ushbu respublikalarning tabiati, qadimiy shaharlari, bugungi kundagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berishi kerak edi. Ushbu tadbirda qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari qozoq xalqining milliy kiyimlarida xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari to‘g‘risida  batafsil ma’lumot berdilar. Qozog‘iston Respublikasining tarixi, uning betakror tabiati, qadimiy shaharlari, bugungi kundagi shaharlarning zamonaviy ko‘rinishlari aks etgan fotoalbom hamda milliylikni aks ettiruvchi ko‘rgazmali buyumlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Tadbir so‘ngida hakamlar hay'ati tomonidan qo‘yilgan ballarga ko‘ra Nizomiy nomidagi TDPU “Qozoq tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi ishtirokchilari g‘olib deb topilib (1-o‘rin), sertifikat hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.