Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan kitobxonlik tadbiri

Ayo  charh,  yetding  ortiq  jabr bunyod,

Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.

Hayotim lolazoridin ayirding.

Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.

                                              A.Qodiriy

2019-yil 13-mart kuni universitet Axborot-resurs xodimlari, universitet ma’naviyiyat bo‘limi hamda Toshkent pedagogika kolleji “Kutubxonashunoslik” yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan Xalqning ardoqli farzandi, ulug‘ so‘z san’atkori, milliy romanchilik maktabiga tamal toshini qo‘ygan inson, hayot haqidagi yo‘g‘rilgan hikoya va hajviyalari bilan milliy adabiyotimiz xazinasini boyitgan, uni yangi bosqichga olib chiqqan benazir adib Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan kitobxonlik tadbiri, “Islom Karimov” jamg‘armasi tomonidan o‘zbek va ingliz tillarda chop etilib universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etilgan “O‘tgan kunlar” romanining taqdimoti hamda ARMga yangi olingan adabiyotlar ko‘rgazmasi universitetning katta anjumanlar zalida o‘tkazildi. Tadbirga A.Qodiriyning nabirasi Mahzuna Qodiriy taklif etildi.