Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan sumalak sayli tashkil etildi

Xorijiy tillar kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2019-yil 18-mart kuni umumxalq Navro`z ayyomi munosabati bilan sumalak tadbiri tashkil etildi.

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan Navro`z dillarga olam – olam quvonch olib kelmoqda. Uni har yilgidek o`zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda o`tkazishga harakat qilamiz. Ushbu fikrning dalili sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2019-yil 18-mart kuni umumxalq Navro`z ayyomi munosabati bilan sumalak tadbiri tashkil etildi. Shodiyona davomida bahoriy dasturxon atrofida, kuy-qo`shiqlar avjida, doshqozon atrofida, ezgu niyatlar ijobati ila keng nishonlandi. Tadbirga universitet rahbariyati va fakultetlarning professor–o`qituvchilari mehmon sifatida taklif qilindi. Ular ham o`zlarining yaxshi tilaklari bilan tadbirga ko`tarinki ruh berishdi. Tadbirning unutilmas va jozibali bo`lishida Musiqa ta`limi yo`nalishi o`qituvchi va talabalarining hissasi katta bo`ldi. Jamoa a`zolari shunday ko`tarinki ruhda yangi rejalar tuzgan holda tadbirni yakunladilar. Sumalagimiz mazali bo`ldi, u bizga kuch quvvat bag`ishlashi yangiliklar sari yetaklashi tayin.