"Navro'z" bayramiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

2019-yil 20-mart bahor va yangilanish bayrami munosabati bilan "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Boshlang'ich ta'lim fakulteti o'qituvchisi Sodiqova R.R. va kafedraning dotsenti - Xamedova N.А. tadbirni tashkilotchilari bo’lishdi.

Tadbirda, BT fakultetining 204-205 va 104-guruh talabalari va musiqa fakultetining 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirning eng muhim ishtirokchilari va mehmonlari "Sharq yulduzi " raqs guruhining a'zolari faol qatnashdilar. Tadbirda samimiy qo'shiqlar ijro etildi, she'rlar o'qildi va mehmonlar ajoyib raqsga tushishdi.

Tadbir bayramona kayfiyatda bo'lib o'tdi. Tamoshabinlar va mehmonlar tashkillashtirilgan bayramdan mamnun edilar.