Universitet talabalari Humo muz saroyidagi Navro’z bayrami tadbirida ishtirok etdi

Yangi kun. Yangi orzu rejalar. Yangi olam. Bularning barchasi mana shu bayramda mujassam.

Yurtimiz bo’ylab bayram shukuhi kezmoqda. O’zbek xalqi ushbu bayramni o’zgacha quvonch bilan nishonlaydi. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari ham ko’tarinki kayfiyatda kutib oldilar. 15-mart kuni ochilishi bo’lib o’tgan Humo muz saroyi arenasiga Navro’z bayramida ishtirok etish uchun fakultetimiz Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.Djumayeva bilan birgalikda tashrif buyurdi. Talabalar Navro’z bayrami tadbirini ko’tarinki kayfiyatda o’tishiga ozgina bo’lsada hissasini qo’shganidan mamnun bo’lishdi.