“Shaxslararo munosabatlarda nizolarni oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari”

2019-yil 19-mart kuni 7-TTJda “Shaxslararo munosabatlarda nizolarni oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

“Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari N.A.Mirashirova va N.G.Odilova 2019-yil 19-mart kuni 7-TTJda “Shaxslararo munosabatlarda nizolarni oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari” mavzusida davra suhbati va psixologik trening o‘tkazdilar.

“Shaxslararo munosabatlarda nizolarni oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida 7-TTJda yashovchi chet tillar fakultetining 1-2-kurs talabalari ishtirok etdilar. Talabalar shaxsga ta’sir qiluvchi omillar, shaxsning yangi muhitga moslashuvi, guruhdagi shaxslararo munosabatlar, guruhda nizoni oldini olish, nizo yuzaga kelgan taqdirda kompromissga borish va uni bartaraf etish usullari haqida ma’lumot oldilar. Talabalar davra suhbatida va “Ism-sharif” deb nomlangan psixologik treningda qiziqib ishtirok etdilar. O‘qituvchilar talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berdilar. Davra suhbatidan so‘ng rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasiga individual maslahat berildi.