Mart – tabiiy fanlar oyligi

Mart – tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan maktabda tadbir tashkil etildi.

Sergeli tumani 104-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “2019-yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan Mart – tabiiy fanlar oyligida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarni kimyo faniga qiziqishlarini oshirish, kasbga yo’naltirish bo’yicha Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchilari U.E.Raxmatov va M.T.Xidirov o’quvchilarga o’z tavsiyalarini berishdi. Shu bilan birga o’quvchilarga universitetda yaratilgan sharoitlar, o’quv kurslari hamda kafedra professor o’qituvchilarining maktab o’quvchilari uchun yaratgan darsliklari haqida qisqacha ma’lumot berishdi.