Rus tili va adabiyoti fakultetida “Nima? Qayerda? Qachon?” intellektual o’yini tashkil etildi

2019-yil 27-mart kuni rus tili va adabiyoti fakultetida rus yozuvchisi, prozaik va dramaturg Maksim Gorkiy tavallud kuniga bag’ishlangan “Nima? Qayerda? Qachon?” intellektual o’yini o’tkazildi.

Tadbir rus adabiyoti va o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchlari Polovinkina T. V., Smirnova S.S. va Yunusova X.Yu. tomonidan tashkillashtirildi. O’yinda quyidagi guruhlarning talabalari eshtirok etdi: 102-RN, 201-RT va 202-RT.

O’yin davomida 15 nafar talabadan iborat bo’lgan guruh Maksim Gorkiyning hayoti va ijodi to’g’risida tayyorlab qo’yilgan 13 ta savolga javob berishi shart edi. Noto’g’ri javob berilgan taqdirda, o’yinda faol ishtirok etgan tomoshabin-talabalarga ham javob berish uchun imkon berildi.

Umuman olganda, o’yin do’stona muhitda bo’lib o’tdi. Talabalar o’yin shaklida rus yozuvchining hayotidan olingan asosiy sanalar va voqealarni eslashdi.

Intellektual o’yin yakunida guruhning sara bilimdoni tanlib, guruhning eng yaxshi bilimdoni 102-RN akademik guruhi talabasi Rahimova Muslima deb topildi. Hamma ishtirokchilarga sovg’alar va rus tili va adabiyoti kafedrasi dekani Matenova Yu. U. tomonidan faxriy yorliqlar taqdim etildi.