“Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”

“Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalqaro Islom Akademiyasi katta o‘qituvchisi  X.Xidiraliev, Rus pravaslov cherkovi ma’sul xodimi O.Shkovorodyuk, Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori yordamchisi M.Azizov ishtirok etib, talaba yoshlarga mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

 

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Musaeva kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng Xalqaro Islom Akademiyasi katta o‘qituvchisi  X.Xidiraliev so‘zga chiqib,  missionerlik tushunchasining mazmuni, mohiyati to‘g‘risida talaba yoshlarga ma’lumot berdi.

 

Rus pravaslov cherkovi mas’ul xodimi O.Shkovorodyuk missionerlik va prozelitizm illatlarining dunyoda tarqalish darajasi, ular kirib borgan sohalar  hamda zamonaviy missionerlikning ko‘rinishlari to‘g‘risida so‘zladi.

 

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.