Innovatsion pedagogika qo‘shma fakulteti XX xalqaro ta’lim yarmarkasida ishtirok etdi

Innovatsion pedagogika o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti 28-30 mart kunlari Yoshlar ijodiyot markazida tashkil etilgan XX xalqaro ta’lim va karera yarmarkasida ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan yoshlar, ularning ota-onalari va boshqa mehmonlar TDPU talabalarining taqdimotiga katta qiziqish bildirdi. Ular universitetning fakultetlari, qabul hajmi, qabulda topshiriladigan hujjatlar hamda o‘tish ballari to‘g‘risida savollar bilan murojaat qilishdi.

Yarmarkaga tashrif buyurganlarga Nizomiy nomidagi TDPU va M.Tank nomidagi BGPU hamkorligida tashkil etilgan Innovatsion pedagogika qo‘shma fakultetining bukletlari hamda flaerlar taqdim qilindi.