Universitetimizda ilk bor IKAT-shou tashkil etildi

Tarixiy madaniyatimizni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, yo‘qolib borayotgan xunarmandchilik an’analarimizni qayta tiklash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda barcha fakultetlardan talaba qizlar ishtirok etdi.

Innovatsion pedagogika qo‘shma fakulteti 1-kurs talabasi Bekjanova Nargiza Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan IKAT-shouda qatnashib, o‘z chiqishi bilan tanlov hakamlari hamda tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Bekjanova Nargiza hayriya maqsadida kursdoshlari bilan birgalikda tikkan sahna liboslarini Daun sindromi bilan kasallangan Uchtepa tumanidagi 431-sonli Ixtisoslashtirilgan maktab tarbiyalanuvchilariga taqdim etdi. Talabaning mazkur chiqishi hakamlar ay’ati tomonidan munosib baholanib, Nargiza IKAT-shouning g‘olibi deya e’lon qilindi.