Toshkent Davlat pedagogika universiteti kitob aksiyasida ishtirok etdi

2019-yil 2-aprel kuni Toshkent Davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Safarovich Sharipov Yangiyo‘l tumanida joylashgan 1-o‘rta umumta’lim maktabi kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda keng yoyilgan kitob aksiyasi qizg‘in davom etmoqda. 2019-yil 2-aprel kuni Toshkent Davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Safarovich Sharipov Yangiyo‘l tumanida joylashgan 1-o‘rta umumta’lim maktabi kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Adabiyotimiz darg‘alaridan bo‘lmish Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Cho‘lpon, O‘tkir Hoshimov asarlaridan iborat mazkur to‘plamlar maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

         Universitet rektori nomidan kitoblarni o‘quvchilarga “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri Kadirova Xosiyat Azamatovna taqdimot qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va har bir janrning inson psixikasiga bo‘ladigan ta’siri haqida ma’ruza o‘qidi. O‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida psixologik trening o‘tildi. Maktab ma’muriyati kutubxona fondini boyitish uchun o‘z yordamini ko‘rsatgan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori hamda jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, tashakkurnoma taqdim qildi.