"Talabalar menyusida bahor milliy taomlari"

Universitetimizga qarashli talabalar turar joylarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.

Talabalar turar joylari Respublikaning uzoq viloyat va shaharlaridan kelib  universitetda  tahsil olayotgan  talaba va  magistrantlarning  ikkinchi uyi hisoblanadi.  Talabalar turar joyida yashovchi talabalar maishiy sharoitini  yaxshilash, ular o‘rtasida xalqimizga xos saranjom-sarishtalik xislatlarini targ‘ib qilish, talaba yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz ruhida  tarbiyalash  maqsadida universitetimizga qarashli talabalar turar joylarida “Eng orasta xona”, “Eng shinam xona” ,”Eng yaxshi qavat”, “Talabalar menyusi” kabi  turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish  an’anaga aylangan. 

2019-yil 2-aprel kuni  ana shunday tanlovlardan biri universitetimizga qarashli  8-sonli TTJ da tashkil etildi. "TALABALAR MENYUSIDA BAHOR MILLIY TAOMLARI" mavzusida  tashkil etilgan ushbu tanlovda TTJ ning barcha qavatlarida  yashovchi talaba yoshlar tomonidan bahor taomlaridan iborat o‘zbekona dasturxon tuzaldi.

Tanlov yakunida hay’at a’zolari tomonidan  “Eng ijodkor kizlar dasturxoni” nominatsiyasiga  4-kavat talaba qizlari, “Bahoriy   kayfiyat beruvchi dasturxon” nominatsiyasiga  5-qavat  talaba qizlari, “Noan’anaviy innovatsion dasturxon” nominatsiyasiga 2-qavat  talaba qizlari,  “Hakikiy talabalar dasturxoni” nominatsiyasiga esa  9-qavat talaba  yigitlari  tayyorlagan dasturxonlar munosib deb topildi.

23 xil taom tayyorlab, hay’at a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan 6-qavat  talaba qizlari faxrli 1-o‘rinni,  tanlov va tanlov uchun tayyorlangan 20 xil  bahor taomlari tortilgan dasturxonga o‘zbekona milliy ruh baxsh etgan 8-qavat talaba qizlari 2-o‘rinni,  19-turda o‘zgacha taomlar tayyorlab, barchaga hayrat baxsh etgan  3-qavat qizlari 3 –o‘rinni egalladilar.