Talabalar bilimini nazorat qilish va shaffof baholash davr talabi

2019-yil 3-aprelda Tarix fakultetida «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom» yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida universitet o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i R.Yuldashev, Tarix fakulteti dekani V.Ishquvatov va fakultet professor o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Universitet o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i R.Yuldashev so‘zga chiqib, mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq holda ishlab chiqilganini ta’kidladi. Xususan dars mashg‘ulotlari turlari va ularni baholashga oid qoidalar, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning shakllar va muddatlari, qayta topshirish bilan bog’liq munozarali masalalarga oydinlik kiritdi. 

 Yig‘ilish seminar-trening shaklida tashkil etilib unda fakultetning professor o‘qituvchilari savollar va fikr-mulohazalar bilan ishtirok etdilar. R.Yuldashev va V.Ishquvatov yig‘ilganlarning savollariga javob qaytarishdi.