Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom mazmun-mohiyatini bilan professor-o‘qituvchilarni tanishtirish maqsadida Kasb ta’limi fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan seminar o‘tkazildi.

2019-yil 5-aprel kuni 14.30da universitet o‘quv metodik boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev boshchiligida o‘quv metodik boshqarma metodistlari Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom mazmun-mohiyatini bilan professor-o‘qituvchilarni tanishtirish maqsadida Kasb ta’limi fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan seminar o‘tkazdi. Mazkur seminarda fakultet professor-o‘qituvchilari talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni oldilar. Shu bilan birga o‘quv metodik boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev 2018-2019 o‘quv yilining birinchi yarim yilida universitet professor-o‘qituvchilar tomonidan baholashda, jumladan, guruh jurnali, elektron jurnal, qaydnomalarni rasmilashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahlil qilib kerakli maslahatlarini berdilar.