Tabiiy fanlar fakulteti Kengashida talabalar bilimini nazorat qilish hamda baholash masalalari

2019-yil 2-aprel sanasida Tabiiy fanlar fakultetining navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masalalardan tashqari universitetning o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev taklif etildi. Kengash raisi K.Saparov boshchiligida kengash a’zolari ovoz berish yo‘li bilan rasman ochib berildi. 1-navbatda R.Yuldashev so‘zga chiqib 1-kurs talabalarini baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-iyun 2018-yilda tasdiqlangan PQ-3775-sonli qarori mazmuni bilan yana bir bor tanishtirib o‘tdi. O‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy nazoratlarni fan o‘qituvchisi ishtiroki istisno qilingan holda tashkil etilishini, bu o‘z navbatida talabalar bilimini haqqoniy va xolis baholash imkonini berishi haqida gapirib o‘tdi.