Xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining 2-bino 3 zalda barcha fakultetlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev o‘tkazdi. Unda talabalarning muammolari va takliflari bo‘yicha fikr almashildi. Barcha xorijiy talabalar universitet ARMiga a’zo bo‘lishlari lozimligi aytib o‘tildi.

Xorijiy talabalar o‘rtasida uyushqoqlikni kuchaytirish maqsadida Chet tillar fakulteti 2-kurs talabasi Shahnoza Boxodirova bir ovozdan sardor etib saylandi. Sardorga talabalar o‘rtasida fikr almashishlari, elektron darsliklar va adabiyotlardan keng foydalanishlari maqsadida internetda ijtimoiy guruh shakllantirib muloqotni kengaytirish vazifasi yuklatildi.

Xorijiy talabalar tomonidan viza olish masalasida bildirilgan savollar bo‘yicha Xalqaro bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Sayfuddinov javob berdi.

Boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev xorijiy talabalardan o‘quv jarayonining tashkillashtirilganligi, professor-o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlarning olib borilayotgan sifat darajasi, yotoqxonalardagi shart-sharoitlar va boshqa jarayonlar bo‘yicha muammolar bilan qiziqdi.