“Yosh faylasuf” to‘garagi a’zolari faxriy ustoz xonadonida bo’lishdi

Ustozlarni ulug‘lash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.

“Yosh faylasuf” to‘garagi rahbari Sh.A.Xolmatova to‘garak a’zolari bilan birgalikda faxriy ustoz, fidoyi, Vatanimizning har bir farzandini o‘z bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol inson etib tarbiyalash uchun sidqidildan mehnat qilgan, ko‘plab shogirdlarning kamtarin, mehribon jonkuyari Shomahmud aka To‘laganovning xonadonlariga borib, ularni eng ulug‘, eng aziz Navro‘z bayrami bilan tabrikladilar . Kamtarlik va hokisorlikda barchamizga ibrat bo‘luvchi Shomaxmud  aka o‘zlarigagina xos mayin, ammo mehrli ovozda  ezgu tilaklar bildirdilar. Biz uchun hamisha ustoz so‘zi muqaddas bo‘lib kelgan. Har bir daqiqa ustozlar ko‘magiga muhtojmiz. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasida, kamolotida har bir ustozning munosib hissasi bor. Mamlakat taraqqiyotini belgilovchi kuch sifatida biz doimo sizlarga tayanamiz, suyanamiz.