“Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur”

2019-yil 9-10 aprel kunlari Amir Temur bobomiz tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan fakultet yo‘nalishlari aro sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Tabiiy fanlar fakulteti dekani K.Saparov, dekan o‘rinbosarlari R.Madatov, Z.Djumaeva, kafedra mudirlari, Jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari Yoshlar ittifoqi yetakchilari K. Abduxalikov, A. Musurmonov, xamda fakultet o‘g‘il bola talabalari ishtirokida 2019-yil 9-10 aprel kunlari Amir Temur bobomiz tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan fakultet yo‘nalishlari aro sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 4 ta sport turi: tosh ko‘tarish, stol tennisi, kurash va mini futbol bo‘yicha talabalar qizg‘in baxs olib borishdi. Shu 3 ta sport turi 1-2-3 o‘rin soxiblari medallar va dipolom bilan taqdirlanishdi. Mini futbol musobaqasi bo‘yicha Kimyo yo‘nalishi talabalari faxirli 1 o‘rinni qo‘lga kiritib fakultet kubogiga ega bo‘lishdi.