“Ochiq eshiklar kuni”

2019-yil 11-aprel sanasida Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tumani Xalq ta’limi tuman bo‘limi bilan birgalikda “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazishdi.

Olmazor tumanida joylashgan 243 o‘rta maktabda bitiruvchi sinf o‘quvchilariga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyati, o‘quv, ilmiy ta’limiy va tarbiyaviy jabhadagi ishlari borasida ko‘plab ma’lumotlarni berishdi. Respublikamiz ta’lim tizimida shu jumladan oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, yosh avlodni tarbiyalash hamda ularning yetuk kadr bo‘lib shakllanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalindi. O‘rta maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.